AsosiyJamiyat

Poytaxtimizda xalqaro mutaxassislar ishtirokida «Inson va salomatlik» V respublika kongressi bo`lib o`tmoqda

'Poytaxtimizda xalqaro mutaxassislar ishtirokida «Inson va salomatlik» V respublika kongressi bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz hamda xorijlik tibbiyot sohasining malakali mutaxassislari, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari olimlari, shifokorlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

– An`anaviy tus olgan mazkur tadbir avvalgilari kabi mahalliy tibbiyotimiz hayotida muhim voqea bo`lishiga shubham yo`q, – dedi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori H.Oqilov. – Boshlangan kongress doirasidagi o`zaro kasbiy muloqot tibbiyot xodimlari va farmasevtlarga hozirgacha aniq javobi yo`q bo`lgan savollarni muhokama qilish, balki ularga javob ham topishga yordam beradi. Olimlar va amaliyotchi vrachlar o`rtasida fikr va tajriba almashish tibbiyotning ko`plab dolzarb muammolariga echim topadi, degan umiddaman.

Kongress ish rejasiga ko`ra ko`ra, ikki kun davom etadigan seminarlarda kardiologiya, nevrologiya, pediatriya, pulmonologiya bo`yicha ilmiy jamiyatlarning yangi klinik tavsiyalari ko`rib chiqilib, ishtirokchilar klinik endokrinologiya va gastroenterologiya sohasidagi so`ngi yutuqlar bilan tanishtiriladi.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, mazkur tadbir terapevtika sohasidagi vrachlarning o`zaro bilim almashishlariga imkon yaratmoqda.

Tadbir doirasida milliy va xalqaro kompaniyalar mahsulotlari namoyish qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar