AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun test sinovlari muddati 1 avgustdan 15 avgustgacha ikki smenada o`tkaziladi

'Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun test sinovlari muddati 1 avgustdan 15 avgustgacha ikki smenada o`tkaziladi'ning rasmi

Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to`g`risidagi Hukumat qarori (VMQ-261, 03.04.2018 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga o`qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga asosan:

- o`qishga qabul qilish to`g`risidagi arizalar esa har yili 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi;

- test sinovlari har yili 1 avgustdan 15 avgustga qadar, kuniga ikki smenda o`tkaziladi. Bunda 1-smena 8:00 da, ikkinchi smena 15:00 da boshlanadi;

- abiturient test sinovlari o`tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abiturient ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikasiyalash vositalari hamda videofiksasiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi lozim;

- test sinovlari Toshkent shahridagi “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar majmuasi pavilonlarida va uning hududida o`rnatiladigan qo`shimcha yig`ma pavilonlarda, shuningdek, katta sig`imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa - olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig`imdagi binolarida o`tkaziladi;

- test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to`ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig`iga 1 soat, 60 ta test topshirig`iga 2 soat, 90 ta test topshirigiga 3 soat vaqt beriladi;

- test sinovlari natijasidan norozi bo`lgan abiturientlar 20 avgustdan 30 avgustgacha bo`lgan muddatda O`zbekiston ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega bo`lad

Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida berilgan xabarga ko`ra, Shuningdek, mazkur qaror bilan bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy(ijodiy) imtihonlar orqali o`qishga qabul qilish bo`yicha ta`lim yo`nalishlari ro`yxati tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar