AsosiyJamiyat

Jamoat transportida yo`lkira haqi oshdi

 «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasining rasmiy saytida keltirilgan xabarga ko`ra, joriy yilning 15 iyunidan boshlab shahar yo`lovchi tashish transportida yo`l kira haqi oshirildi.

Xabarda keltirilishicha, yo`l xaqi qiymatlari yoqilg`i-moylash materiallari, ehtiyot qismlari va ashyolar sarf-xarajatlari ko`payganligi sababli quyidagicha belgilangan:

  • Shahar ichi avtobus, tramvay va metropolitenda – 1000 so`m;
  • Shahar atrofi avtobus yo`nalishlarining shahar hududida – 1000 so`m;
  • Shahardan tashqarida tarifikasiya bo`yicha;

Oylik chiptalari narxlari esa quyidagicha belgilandi:

  1.  - (avtobus va tramvay yo`nalishi uchun) - 100 000 so`m;
    AV - (transportning bir turida (avtobus) uchun) - 80 000 so`m;
    O' - (maktab  (lisey) o`quvchilari uchun - 50 000 so`m;
    T - (kollej va oliy o`quv yurti talabalari uchun - 50 000 so`m;
    N - (pensioner va nogironlar uchun) - 50 000 so`m.

    Boshqa yangiliklar