AsosiyJamiyat

Stavropoldagi YTH natijasida 4 nafar jizzaxlik fuqaro vafot etgan

'Stavropoldagi YTH natijasida 4 nafar jizzaxlik fuqaro vafot etgan'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Call-markazi»ga fuqaro A.Boymatovdan tushgan ma`lumotga ko`ra, (O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, hozirgi paytda Rossiya Federasiyasi hududida) 2018 yilning 4 aprel kuni soat 18:39 da Rossiya Federasiyasi, Izobil shahar okrugining "Stavropol-Novoaleksandrovsk" avtomobil yo`lida "VAZ-2101" rusumli engil avtomobili, "Isuzu" rusumli yuk avtomobili bilan to`qnashib, YTH transport hodisasi sodir bo`ldi.

YTH natijasida 4 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari vafot etgan.

Vafot etgan fuqarolar:

1. Jumaqulov Shuhrat, 1983 y.
2. Tagaev Mirjalol, 1991 y.
3. Qarshiev Muhritdin, 1995 y.
4. Yunusov Bahrom, 1988 y.

Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, vafot etgan fuqarolar Jizzax viloyati Zomin tumanidan.

FVV xabariga ko`ra, vafot etganlarning jasadlari Izobil shahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.

Ushbu ma`lumotni Rossiya Federasiyasi favqulodda vaziyatlar boshqaruvi milliy markazi tomonidan tasdiqlandi.

Ushbu voqea yuzasidan batafsil ma`lumotni O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ochilgan «Tezkor raqam» (+998 71) 147-10-50 dan olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar