“Obod qishloq” dasturi asosida joriy yilda Samarqand viloyatining 14 tumanidagi 28 qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilishi belgilandi, deb yozadi O`zA.
Obod etiladigan qishloqlar qatoriga Samarqand shahridagi Shirin, Cho`pon ota, Kattaqo`rg`on shahridagi Do`stlik va Navbahor mahallalari ham qo`shildi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, dasturga kirgan mahalla va qishloqlardagi 17 ming 565 xonadonda 104 ming 113 kishi istiqomat qiladi.
05.04.2018 11:41
“Obod qishloq” dasturiga Samarqand va Kattaqo`rg`on shaharlaridagi to`rt mahalla ham qo`shildi
