AsosiyJamiyat

Banklar valyuta bera boshladi

'Banklar valyuta bera boshladi'ning rasmi

Aprel oyidan boshlab jismoniy shaxslar xalqaro to`lov kartalariga sotib olingan valyutani naqd shaklda olishlari mumkin. Xalqaro to`lov kartalariga valyuta oldi-sotdisida ham jismoniy shaxslarning schyotlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etilgan, deb yozadi Norma.uz

2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3620-son qarorni ijro etish maqsadida ushbu yangiliklar joriy etildi, deya xabar beradi Markaziy bank.

Markaziy bankning eslatib o`tishicha, mijozlar to`lov kartalari orqali naqd valyutani bank kassasidan olayotganlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o`rnini bosuvchi hujjat) asosida mijoz identifikasiya qilinadi.

Bundan tashqari, tijorat banklari naqd valyuta olinadigan bankomatlar sonini muntazam oshirib boradilar va joriy yil oxirigacha 1000 dan ortiq bankomat o`rnatiladi.

Xalqaro to`lov tizimlari qoidalariga muvofiq, bitta bank kartasidagi naqd mablag`lar boshqa banklarda (bankomatlarda yoki to`lov terminallarida) olinganda qo`shimcha vositachilik haqi (odatda, olinayotgan summaning 1%i) ushlab qolinadi.

TIF Milliy banki, Hamkorbank, O`zsanoatqurilishbank, Ipoteka bank, Agrobank, Orient finans bank, Aziya alyans bank, Qishloq qurilish bank va Ipak yo`li banki xalqaro to`lov kartalariga valyuta sotib olish va sotish imkonini beruvchi mobil ilovalarni ishga tushirdi.

    Boshqa yangiliklar