1

Misrda sodir bo`lgan YTHda 20 kishi halok bo`ldi

Dunyo 05.04.2018, 11:56
Misrda sodir bo`lgan YTHda 20 kishi halok bo`ldi

Misrning janubiy qismida joylashgan katta trassalardan birida mikroavtobus va yuk mashinasi to`qnashishi oqibatida sodir bo`lgan YTHda 20 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, voqea Misrning janubidagi Soxag va Asyut shaharlarini birlashtiruvchi cho`l o`rtasida joylashgan yo`lda sodir bo`lgan. Avtohalokat sodir bo`lishiga haydovchilarning tezlikni oshirganligi sabab bo`lgan.

Misr dunyoda yo`llar infrastrukturasining yomonligi bilan mashhurdir. Xalqaro sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumot berishicha, Misrda yiliga YTH oqibatida o`rta hisobda 12 ming kishi halok bo`lar ekan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1