Bekmurod Norov Baxmal tumanidagi To`pon qishlog`ida yashaydi. U 3 ming 500 AQSh dollari “ko`magi” bilan ichki ishlar idorasi xodimi bo`lishga “harakat” qildi, deb yozadi O`zA.
1995 yilda tug`ilgan B.Norovning orzusi ichki ishlar idorasi xodimi bo`lish edi. O`z bilim va jismoniy imkoniyatlariga ishonmagan bu yigit niyatini amalga oshirishning oson yo`llarini qidirdi.
Sharif Rashidov tumani, Bobur mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi Jo`rabek Baxtboev Bekmurodning orzusi tez orada ushalishi mumkinligini aytadi. J. Baxtboev “qop-qop” va`dalar beradi. B.Norov esa unga 3 ming 500 AQSh dollarini uzatadi.
Ammo oradan vaqtlar o`tsada va`da va`daligicha qolaveradi. 2016 yilning iyun oyida berilgan pul o`z kuchini ko`rsatmaydi. B.Norov aldanganini, qing`ir yo`l bilan maqsadga erishib bo`lmasligini anglab etadi.
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatma! Materialda keltirilgan ism-familiyalar o`zgartirilgan, to`g`ri kelgan har qanday o`xshashlik tasodif sanaladi.
05.04.2018 14:46
Ichki ishlar idorasiga 3 ming 500 AQSh dollari evaziga ishga joylashish mumkinmi?






