Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko`rsatishning ayrim ma`muriy reglamentlarini tasdiqlash to`g`risidagi Hukumat qarori (VMQ–255, 31.03.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti;
O`simlik dunyosi ob`ektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti;
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste`mol qilishga ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti.
Mazkur xizmatlardan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.






