Farg`ona shahrida Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi nufuzli turnir yakunlandi.
Unda dunyoning 30 davlatidan 100 nafarga yaqin raketka ustasi g`oliblik uchun kuch sinashdi.
Turnirning yakkalik bahslarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Nigina Abduraimova barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratib finalga chiqdi.
Nigina hal qiluvchi bahsda yaponiyalik Nao Xibinoni 6:3, 6:4 hisobida engib, turnirning bosh sovrinini qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Juftlik bahslarida yaponiyalik tennischilar Xiroko Kuvata va Mari Tanaka g`olib bo`ldi.