AsosiySport

Mixael Shumaxer komadan chiqdi

“Formula-1” bo`yicha etti karra jahon chempioni Mixael Shumaxer komadan chiqdi va hozirgi paytda Grenobledagi shifoxonadan reabilitasion klinikaga o`tkazildi, bu haqda Germaniya matbuoti sportchining menejeri Sabina Kemga tayanib xabar bermoqda.

“Mixael reabilitasiyani davom ettirish uchun CHU Grenoble klinikasini tark etdi. U endi komada emas”, - deya xabar berdi Sabina Kem. Uning so`zlariga ko`ra, sportchining oila a`zolari shifokorlarga va fojea joyida harakat qilgan qutqaruvchilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirishmoqda. 

“Mixael Shumaxer oilasining cheksiz minnatdorchiligi unga yaxshi tilaklarni bildirgan barcha insonlarga tegishli. Sizlar unga katta yordam berdingiz”, - deyiladi menejerning bayonotida.   

    Boshqa yangiliklar