Toshkent ma`muriy hududi 18 kvadrat kilometr atrofidagi kattalikda kengaytiriladi. Bu haqda Toshkent shahar bosh arxitektori Asomiddin Tojiev O`zAga ma`lum qildi.
Ushbu ko`rsatkich poytaxtga kiritilayotgan hududning tabiiy landshaftidan kelib chiqqan holda o`zgarishi mumkin. Toshkentning ayni damdagi o`zgartirilmagan hududi 33,4 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Loyiha bo`yicha hozirda hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda.
Poytaxtga kiritilishi ko`zda tutilgan hududlarda fotos`yomka, geologiya, injeneriya mutaxassislari ish olib bormoqda. Shuningdek, mazkur erlardagi gaz, elektr va suv ta`minotlari darajasi ham o`rganilmoqda. Toshkent shahar bosh arxitektorining aytishicha, bu jarayon izchil mehnatni talab etadi va bu qisqa fursat ichida amalga oshiriladigan ish emas.
Ta`kidlash joiz, O`zbekiston Poytaxti Toshkentni kengaytirish borasidagi tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan kiritilgan bo`lib, bu loyihaga chet eldan tajribali mutaxassis va yirik kompaniyalar jalb etilgan.






