O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe 16 iyun kuni ilk davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so`ng Koreya Respublikasi delegasiyasi Ko`ksaroy qarorgohiga yo`l oldi.
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog`ida O`zbekiston va Janubiy Koreya o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada kengaytirishning uzoq istiqbolga mo`ljallangan ustuvor yo`nalishlari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening O`zbekistonga davlat tashrifining asosiy tadbirlari 17 iyunga mo`ljallangan.
Tashrif yakunlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi rahbarlari tomonidan Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to`g`risidagi qo`shma deklarasiya qabul qilinishi, turli sohalardagi o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos bo`ladigan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.





