1

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyo 06.04.2018, 12:48
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Seul shahrining markaziy sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 24 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.

Unga 18ta modda bo`yicha ayblovlar qo`yilgan, xususan korrupsiya, pora olish, mansabni suiiste`mol qilish, shuningdek, davlatga doir ma`lumotlarni oshkor qilish shular jumlasidandir.

Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentga 30 yillik qamoq jazosi berilishini hamda u 118,5 milliard koreya voni miqdorida jarima to`lashini talab qilgan.

Eslatib o`tamiz, 66 yoshli Pak Kin Xega o`tgan yil aprel oyida korrupsiyada ayblanib, qo`lga olingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1