AsosiyJamiyat

«Atlas» ko`ngilochar-savdo markazida yong`inga qarshi profilaktik amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi

'«Atlas» ko`ngilochar-savdo markazida yong`inga qarshi profilaktik amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi'ning rasmi

«Atlas» ko`ngilochar-savdo markazida Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va «O`zenergonazorat» shahar bo`linmasi hamkorligida yong`inga qarshi profilaktik amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Mashg`ulot doirasida markaz xodimlari yong`in sodir bo`lganda to`g`ri harakatlanish, yong`in o`choqlarini bartaraf qilish va aholini evakuasiya qilish ko`nikmalariga ega bo`ldi.

Bundan tashqari binoda yong`inni o`chirish vositalari, evakuasiya yo`llari ko`rsatkichlarining mavjudligi, zinalarga o`tish yo`laklarining to`sib qo`yilmagani va yong`in haqida ogohlantiruvchi texnik uskunalarning sozligi tekshiruvdan o`tkazildi.


    Boshqa yangiliklar