Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 1-tur uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.
“F” guruhida bir kun avval Argentina Bosniya termasi ustidan g`alaba qozongan bo`lsa, Eron hamda Nigeriya terma jamoalari o`z uchrashuvlarini bugun o`tkazishdi. Ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.
“G” guruhida esa musobaqaning yana bir markaziy uchrashuvlaridan biri bo`lib o`tdi. Germaniya-Portugaliya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda g`olib jamoani oldin aytish qiyin edi. Ammo, o`yinda Germaniya terma jamoasi qiyinchiliksiz o`z raqiblarini 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi. Uchrashuvda Tomas Myuller xet-trikka erishdi va yana bitta golni Xummels kiritdi.
Shu guruhning ikkinchi uchrashuvida AQSh Gana terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda 2:1 hisobida amerikalik futbolchilar ustun kelishdi.