AsosiySiyosat

Davlatimiz rahbari zamonaviy maktab qurilish ishlari bilan tanishdi (foto)

'Davlatimiz rahbari zamonaviy maktab qurilish ishlari bilan tanishdi (foto)'ning rasmi

Prezidentimizning 2017 yil 14 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Toshkentda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab barpo etilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu maktabning qurilish ishlari bilan tanishdi.

O`qituvchi va o`quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, iste`dodli yoshlarni izlab topish va ularni izchil qo`llab-quvvatlash bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar