1

Prezident Tashkent City loyihalari bilan tanishdi

Siyosat 06.04.2018, 19:51
Prezident Tashkent City loyihalari bilan tanishdi

Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishi Prezidentimizning doimiy e`tiborida bo`lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari avval ham bu erga tashrif buyurib, tashkiliy, moliyaviy masalalar yuzasidan ko`rsatmalar bergan edi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxtimizning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko`chalari oralig`idagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan mazkur zamonaviy kompleksda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko`rgazma zallari, ko`p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun`iy ko`l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa ob`ektlar quriladi.

Shavkat Mirziyoev 6 aprel kuni Tashkent City qurilish uchastkasida bo`ldi. Besh yulduzli mehmonxona va kongress-xol qurilishining borishi bilan tanishdi.

Mazkur inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish, yirik xalqaro anjumanlarni o`tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratish, geologiya, seysmologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1