AsosiyJamiyat

Samarqand temiryo`l vokzalidan Imom Buxoriy majmuasigacha avtobus qatnaydi

'Samarqand temiryo`l vokzalidan Imom Buxoriy majmuasigacha avtobus qatnaydi'ning rasmi

Joriy yil 6 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori e`lon qilindi.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Samarqand viloyat boshqarmasidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, Narpay tumanining Mirbozor qo`rg`onida smeta qiymati 1 milliard 346,0 million so`m bo`lgan yangi loyiha asosida qurilayotgan avtostansiya shu yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshiriladi, deb xabar bermoqda "Zarnews" nashri.

Urgut, Ishtixon va Nurobod tumanlaridagi markaziy avtoshohbekatlar yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

2018 yilda lizing kompaniyalari, tijorat banklari kreditlari va tadbirkorlar mablag`lari hisobidan 86 ta "Isuzu" rusumli avtobuslar sotib olinadi.
Shu hisobdan 33 ta avtobus yangi tashkil etilayotgan 11 ta yo`nalishlarga, qolgan 53 tasi mavjud yo`nalishlardagi avtobuslar tarkibini yangilashga yo`naltiriladi.

* Payariq tumanidagi "Zilola O`ktam qizi" MChJ tomonidan "Chelak – Uymovut" yo`nalishi bo`yicha 1 ta avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi.

* Kattaqo`rg`on shahrida "Kattaqo`rg`on Miyonkol" MChJ tomonidan "Eski shahar – Kattaqo`rg`on shahar transport kolleji" yo`nalishida 3 ta avtobus harakatlana boshlaydi.

* Oqdaryo tumanida "Loyish – Ko`ksaqol" yo`nalishi bo`yicha harakatlanadigan 2 ta avtobus mahalliy tadbirkorlar tomonidan xarid qilindi va shu yilning 2 aprelidan qatnov yo`lga qo`yildi.

Shuningdek, joriy yilda «Bolatosh – Xazora avtostansiyasi», «Shombuloq – Xazora avtostansiyasi», «Chandir qishlog`i – Juma», «Ziyovuddin – Qizilnishon», «Ziyovuddin – Qizilbayroq», «Mirbozor – Xazora», «Nurobod – Sariqul – Xazora», «Jartepa – Siyob avtobekati» kabi yo`nalishlar ochiladi.

    Boshqa yangiliklar