1

O`zbekistonda O`rta Osiyo arxeologiya tarixidagi eng noyob yodgorlik topildi

Moziydan sado 07.04.2018, 07:31
O`zbekistonda O`rta Osiyo arxeologiya tarixidagi eng noyob yodgorlik topildi

DUNYo AHAMIYaTIGA MOLIK KAShFIYoT

Samarqand viloyati hududida Darg`om kanalining chap qirg`og`ida ilk o`rta asrlar davriga tegishli Samarqand hukmdorlarining yozgi saroyi topildi. Ushbu shohona saroy Kofirqal`a nomli arxeologik yodgorlikda joylashgan bo`lib, turli yillarda yodgorlikning turli uchastkalarida stratigrafik xarakterdagi kichik qazishma ishlari amalga oshirilgan, 2001 yildan boshlab esa 16 gektarli qadimgi shaharning 76x76 metrlik Arki a`losi maydonida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining arxeologlari keng qamrovli arxeologik qazishma ishlarini olib borishmoqda. Natijada qadimgi shaharning qal`a qismida (Arki a`losida) 2017 yilda monumental me`moriy majmua ochildi. Milodiy V-VI asrlarga tegishli majmuada Samarqand ixshidlarining (hukmdorlarining) davlat arxivi va yozgi saroyi joylashgan bo`lib, yong`in tufayli vayronaga uchragan arxivdan noyob davlat hujjatlari (davlat boshqaruviga oid xujjatlar, elchilik xatlari, davlatlararo shartnomalar va boshqalar) bulla deb atalgan taxtakachlarda sug`diy yozuv namunalari topildi.

Saroyning yog`och kalonnali (ustunli) ko`rkam xonalaridan birida uch yarusli sufa, sufa ustida esa shersifat ko`rinishidagi taxtiravonda hukmdor o`tiribdi. Xonaning devorlari o`yma yog`och panno shaklidagi rasmlar galereyasi bilan bezatilgan.

Uning o`lchamlari 124x141 sm., pannoning o`zi ikkita keng doskadan iborat bo`lib, ular temir tutqich bilan biriktirilgan. Old tomondan taxtalarda zardushtiy insonlar suratlari to`rt qavatga joylashtirilgan. Kompozisiyada jami 46 ta odam shakli tasvirlangan (ularning uchtasi shartli ko`rinishda, yuqoridan chap qismidagi ikkita shakl arang ko`rinadi, o`ng tomondagi shaklning faqat qo`li ko`rinadi).

Kompozisiyaning asosiy mavzusi — sher shaklida taxtda o`tirgan bosh Ilohga sajda qilishdir.

Ehtimoldan uzoq emas, bu zardushtiylikning bosh ma`budasi buyuk xudo Nana bo`lishi mumkin. Odamlar uning huzuriga turli xil sovg`alar bilan kelganlar. Pastki qavatda musiqachilar galareyasi tasvirlangan. Undan keyingi pastki qavatda yana qo`llarida turli xil sovg`a-salomlar bilan kelgan ziyoratchilar suratlari tiz cho`kkan holda aks ettirilgan.

Pastki qavat suratlar galereyasi markazida muqaddas olov ramzi — Altar joylashgan bo`lib, muqaddas altarga bir tomondan og`zi latta bilan bog`langan erkak topinmoqda, ikkinchi tomondan esa ayolsifat figura altar oloviga hushbo`y aramat o`simlik kukunini sepmoqda.

Ushbu muqaddas shohona zal va zardushtiylik ma`budalarining eng ulug`laridan biri, buyuk Nana surati yog`ochga o`yib ishlangan devoriy panno VIII asr boshlarida arablarning Qutaybo binni Muslim boshchiligidagi harbiy qo`shini tomonidan yoqib yuborilgan.

Bunday ko`p qirrali aniq suratlar kompozisiyasi O`rta Osiyo arxeologiya tarixida birinchi marta uchradi, bu dunyo ahamiyatiga molik noyob kashfiyotlar sirasiga kiradi, deb yozadi O`zA.

Hozirda qazish ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1