AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyatida O`zbekiston – Turkiya salomatlik haftaligi boshlandi (foto)

'Surxondaryo viloyatida O`zbekiston – Turkiya salomatlik haftaligi boshlandi (foto)'ning rasmi

Turkiyalik professorlar, plastik jarrohlar, malakali shifokorlar Termiz shahridagi Surxondaryo viloyati ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining turli hududlaridan kelgan yuz sohasida tug`ma va kuyishdan keyingi asoratlari bo`lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.

3.jpg

6.jpg

– Qardosh davlatdan kelgan professorlar, tajribali mutaxassislar bir hafta davomida bemor bolalarni qabul qiladi, – deydi “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Surxondaryo viloyati hududiy filiali bosh mutaxassisi M.Hafizova. – Tibbiy ko`rik jarayonida jarrohlik amaliyoti o`tkazishni talab etadigan yuz sohasida tug`ma va kuyishdan keyingi asoratlari bo`lgan bolalar saralanib, sog`lomlashtirish choralari ko`rilmoqda. Delegasiya a`zolari tashxis qo`yish va davolashda o`zlari bilan olib kelgan dori-darmon hamda sanitariya-gigiena vositalaridan foydalanayotir.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rik davomida jarrohlik amaliyotini qo`llash tashxisi qo`yilgan bemor bolalar viloyat ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga joylashtirilmoqda.

8.jpg

9.jpg

12.jpg

– Qizim Farida bu yil 13 yoshga to`ladi, – deydi Boysun tumanidan kelgan I.Ramozonova. – U bir yarim yoshida tasodifan o`ng qo`lini kuydirib olgan edi. Panjalarida chandiq paydo bo`lib qoldi. Plastik operasiya qildirishga mablag`dan ozgina qiynalib qoldik. Bugun umid bilan xorijlik shifokorlar qabuliga olib keldim. Qizimni tibbiy ko`rikdan o`tkazishdi. Ertaga shu erning o`zida jarrohlik amaliyoti bilan yordam ko`rsatishni aytishdi. Bu taklifdan juda quvondik. Kasalxonaning jarrohlik bo`limiga joylashdik.

Haftalik 14 aprelgacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar