AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovoni orqali yuk tashuvchi mashinalarga nisbatan taqiq sharti o`zgardi

'"Qamchiq" dovoni orqali yuk tashuvchi mashinalarga nisbatan taqiq sharti o`zgardi 'ning rasmi

"Qamchiq" dovoni orqali yuk tashish ishlab chiqarilgan paytidan 20 yil o`tgan yuk avtomobillari va shatakchi avtomobillar uchun taqiqlandi, deb xabar berildi Adliya vazirligining Telegram kanalida.

Bu borada "Qamchiq" dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Xabarda aytilishicha, bungacha hukumatning 2012 yil 10 iyuldagi qaroriga asosan, foydalanish muddati 15 yil va undan ortiq bo`lgan yuk avtotransport vositalari uchun "Qamchiq" dovoni orqali yuklarni tashish 2016 yil 1 iyuldan boshlab taqiqlangan edi.

    Boshqa yangiliklar