O`tgan hafta Braziliyada futbol bo`yicha jahon chempionati start oldi.
Millionlab futbol muxlislari bor e`tibori Braziliya maydonlariga qaratilgan. Ushbu musobaqa davrida futbolchilar ishtirokidagi reklama roliklari ham ko`paygan. Moda dunyosi ham futbolni qo`llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Louis Vuitton modalar uyi jahon chempionatiga o`z hissasini qo`shdi, deya yozadi day.az sayti.
Moda kompaniyasi kubok uchun o`zining original chamadonini ishlab chiqardi. G`ilof ikki tomonidan ochiladi va kubokni muxlislarga namoyish qilish uchun qulaydir. Kubok og`irligi 6,175 kg bo`lib, undan 5 kg.si 18 karatli oltindan yasalgan.