1

Pan Gi Mun Rossiya-Janubiy Koreya uchrashuvini tomosha qilmaydi

Dunyo 17.06.2014, 16:04
Pan Gi Mun Rossiya-Janubiy Koreya uchrashuvini tomosha qilmaydi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bugun bo`lib o`tadigan Rossiya-Janubiy Koreya uchrashuvini tomosha qilmasligini ma`lum qildi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.

Bunga u o`z yurti jamoasiga qayg`urishini sabab qilib ko`rsatmoqda. Pan Gi Mun butun jahon tashkiloti bosh kotibi neytralitetni saqlashi kerakligini qayd qilib o`tdi. Ammo, Janubiy Koreya jamoasi uchun qayg`urishini berkitib o`tirmadi. 

“Men jahon chempionatida ishtirok etayotgan barcha jamoalarni qo`llab-quvvatlayman.  Biroq,  Koreya terma jamoasi har qanday jamoaga qarshi uchrashuvi boshlanishi bilan mening yuragim tez urishni boshlashini bilishingiz kerak. Men uchrashuvni ko`rmaslikka qaror qildim. Uchrashuv natijasini ertaga tongda yordamchilarimdan bilib olaman”,-dedi Pan Gi Mun.

Shuningdek, u futbol va boshqa sport turlari kabi,  barcha xalqlarni birlashtira olishini qayd qilib o`tdi.

Rossiya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bugun tunda Toshkent vaqti bilan 03:00 da boshlanadi.  Belgiya - Jazoir 21:00, Braziliya - Meksika uchrashuvi 00:00da boshlanadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1