AsosiyDunyo

62 yoshli er-xotin 22 yildan buyon kanalizasiyada istiqomat qilib kelmoqda

'62 yoshli er-xotin 22 yildan buyon kanalizasiyada istiqomat qilib kelmoqda'ning rasmi

Mariya va Migel 22 yildan buyon kanalizasiyada istiqomat qilib kelmoqda. Garchi bunday sharoitda yashash qiyin bo`lsa-da, kommunal va soliq to`lovlariga tobi yo`q er-xotin bu erni tark etishni istamayapti.

Mariya Garsia va Migel Restrepo Kolumbiyaning Medelin shahrida uchrashadi. O`sha paytda ikkovi ham giyohvandlikdan aziyat chekishar, hatto ularning hayoti xavf ostiga kelib qolgan edi. Giyohvandlik balosidan qutulishga o`zlarida kuch topa olgan juftlik maqsadiga erishadi va shu joydan panoh topadi.

NTD-SEWER-4-1.jpg

Er-xotin uchun qadrli bo`lgan ushbu foydalanishdan chiqarilgan suv oqizish tizimining maydoni 65 kvadrat metrni tashkil etadi, ammo unda bemalol tik turishga imkon yo`q. Er ostida faqat ularning yashashi uchun eng zarur narsalar bor: bu krovat, shkaf, plita, televizor va radio.

Hukumat bu oilaga ko`p bor bepul uy-joy bermoqchi bo`lgan, lekin 62 yoshli Mariya va Migel bu taklifni rad etib, shu erni afzal bilmoqda.

    Boshqa yangiliklar