AsosiyDunyo

Jeki Chan 64 yoshda (Foto)

'Jeki Chan 64 yoshda (Foto)'ning rasmi

7 aprel kuni aktyor Jeki Chan 64 yoshga to`ldi, deya yozmoqda Gazeta.ru nashri.


U o`zining kinokarerasini Gongkong jangari filmlaridan boshlagan – hatto afsonaviy Bryus Lining “G`azab mushti” va “Ajdahoning chiqishi” filmlaridagi ommaviy sahnalarda ishtirok etgan.

Vaqt o`tishi bilan Chan o`zining jang usulini, kung-fu aralash komediya uslubini ishlab chiqdi. Shu orqali u Gollivudni zabt etdi.

Jeki Chan shu kungacha 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.

Jeki barcha filmlaridagi tryuklarni o`zi bajaradi. Uning “ko`zir tuzi” – har bir kartinadan so`ng muvaffaqiyatsiz chiqqan dubllarning namoyish etilishidir.

Boshqa yangiliklar