AsosiyDunyo

“Qora pantera” “Titanik”dan o`zib ketdi (Foto)

'“Qora pantera” “Titanik”dan o`zib ketdi (Foto)'ning rasmi

“Qora pantera” filmi AQSh kinosi tarixida eng kassabop filmlar ro`yxatining uchinchi pog`onasiga chiqdi, deya xabar berdi Izvestiya nashri.


“Qora pantera” AQSh kinoprokatida 659,3 mln. dollar yig`ib, 1997 yili katta ekranlarga chiqarilgan “Titanik” filmidan o`zib ketdi.

Dunyo prokatida esa film 1,29 mlrd. dollar to`plagan.

Superqahramonlik filmi shu yilning 16 fevralida katta ekranlarga chiqarilgan edi. Ma`lum bo`lishicha, film ijodkorlari kartinaning davomini suratga olishga ishtiyoq bildirishgan.

Boshqa yangiliklar