AsosiyDunyo

Ming yillardan beri mehmon qabul qilmaydigan orol (Foto)

'Ming yillardan beri mehmon qabul qilmaydigan orol (Foto)'ning rasmi

Hind daryosining Shimoliy Sentinel oroli aholisi qadim zamonlardan beri tashqi dunyodan uzilgan hoda yashaydi, deya ta`kidlamoqda AdMe.ru nashri.

Ushbu orol aholisi tosh asridagidek kun ko`rishadi. Orolga kirmoqchi bo`lganlarni kamondan o`q uzib kutib olishadi. Ularning nazdida yangi tamaddun odamlari bilan muloqotga kirishishlari bilan orolning ibtidoiy madaniyatiga putur etadi.

Shimoliy Sentinel orolining maydoni 72 kv. km. orolda 400 ga yaqin odam istiqomat qiladi.

Orolliklar bilan bir necha marta muloqot o`rnatishga harakat qilingan: sovg`a-salomlar olib kelingan, og`iz quloqqa etguday tabassum qilingan, bosh erga etguday ta`zim qilngan. Ammo mahalliy aholi mehmonlarni nayzalar bilan qo`rqitishgan.

Aholi hatto orol tepasidan uchib o`tadigan vertolyotlarga ham paykon otadigan bo`lishgan.


Rasmiy jihatdan orol Hindistonga qaraydi. Ammo Hindiston hukumati orolning ichki ishlariga aralashmaydi. Birinchidan, u erga qadam izi qilishning o`zi xavfli. Ikkinchidan, mahalliy aholida immunitet juda past, ularni hatto oddiy shamollash ham olamdan o`tishi mumkin.

Boshqa yangiliklar