AsosiyJamiyat

9 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'9 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 9 aprel kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +7 daraja, kunduzi +17 ... +19 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +16 ... +21 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +16 ... +21 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja issiq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +15 ... +20 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

    Boshqa yangiliklar