Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 1-turni yakunlab, 2-tur uchrashuvlarini o`tkazishni boshlashdi.
“H” guruhida Rossiya Janubiy Koreya terma jamoasi 1:1 hisobi bilan durang natijani qayd etdi.
Ushbu uchrashuvni 1-turning eng zerikarli uchrashuvi deb atasak mubolag`a bo`lmaydi. Gollar 2-bo`limda kiritildi. Avvaliga 68 daqiqada Li Gin Xoning kuchsiz zarbasini Akinfeev o`tkazib yuborgan bo`lsa, zahiradan maydonga tushgan Kerjakov 74 daqiqada hisobni tenglashtirdi. Shu hisob o`yin oxirigacha saqlanib qoldi.
Shu guruhning qolgan ikki vakillari Belgiya Jazoir terma jamoasi ustidan qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g`alaba qozondi.
“A” Guruhi vakillari Braziliya hamda Meksika terma jamoalari esa 2-tur uchrashuvlarini boshlab berishdi. Ushbu uchrashuvda hisob ochilmagan bo`lsada, o`yin ancha qiziqarli kechganini qayd qilib o`tish lozim.
Bugun 21:00 da Avstraliya-Gollandiya, 00:00 da Ispaniya-Chili va 03:00 da Kamerun-Xorvatiya uchrashuvlari bo`lib o`tadi.





