AsosiyJamiyat

O`zbekiston pochtasi “Tezkor pochta” xizmatini yo`lga qo`ydi

'O`zbekiston pochtasi “Tezkor pochta” xizmatini yo`lga qo`ydi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy pochta aloqa operatori “Tezkor pochta” yangi xizmat turini joriy qildi.

Yangi xizmat turi ushbu yilning 10 aprel kunidan boshlab ishga tushadi. Dastlabki bosqichda “Tezkor pochta” Milliy operator saytida ro`yxati keltirilgan 15 aloqa punktlarida ishga tushadi.

“Tezkor pochta” xizmati hujjat va posilkalarni O`zbekiston ichida 48 soat davomida etkazib berishni, Toshkentdan viloyat markazlarigacha esa — 24 soat ichida etkazib berishni kafotlatlaydi. Jo`natma etkazib berilgani haqida mijozlar telefon orqali xabardor qilinadilar.

Hujjatlarni jo`natish

  • 0,5 kilogramgacha vaznli posilka uchun – 5000 so`m, havo transportida — 5500 so`m;
  • 0,5 – 1,0 kg vaznli posilka uchun – 7000 so`m, havo transportida — 8000 so`m;

Posilka jo`natmalari

  • 1,0 kg vaznli posilka uchun – 7000 so`m
  • Qo`shimcha har bir kg uchun er transportida + 2000 so`m, havo transportida + 4000 so`m.

“Tezkor pochta” jo`natmalarida “Pochta aloqasi xizmatlarini ko`rsatish qoidalari”ga muvofiq ichki pochta jo`natmalari uchun belgilangan hujjatlarni, ish qog`ozlarini va xalq iste`moli mollarini jo`natishga yo`l qo`yiladi.

“Tezkor pochta” xizmati yo`lga qo`yilgan aloqa punktlari ro`yxati va manzillari hamda jo`natmalarni etkazib berish vaqtlari bilan “O`zbekiston pochtasi” sahifasida batafsil tanishing.

    Boshqa yangiliklar