Samarqand shahrida viloyat va shahar jamoatchiligi vakillari ishtirokida o`tkazilgan tadbir Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi. Qur`on tilovat qilinib, ajdodlarimiz ruhiga duo o`qildi.
Harbiylar, huquq tartibod idoralari, tarixchi olimlar, yozuvchi-shoirlar, ta`lim muassasalari, o`quvchi-yoshlar tomonidan Sohibqiron haykali poyiga gullar qo`yildi.





Amir Temur tavallud kuniga bag`ishlangan tadbirlar ta`lim muassasalari, jamoat tashkilotlarida davom etdi.






