Amerikaning Glinko shahrida istiqomat qiluvchi bir ayol 35 yil avval jo`natilgan shishadagi xat muallifini qidirib topdi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Shi Sheynifelt (Shea Shaneyfelt) Kusa daryosi bo`yida o`tin terib yurganda, shishadagi maktubni topib oladi. Ma`lum bo`lishicha, xat 1982 yili 14 oktyabrda jo`natilgan ekan. Uning muallifi uchinchi sinf o`quvchisi Juli Uotson (Julie Watson) bo`lib chiqdi. Juli xatni topib olgan odam u bilan aloqaga kirishishini so`ragan.
Shi xat muallifini ijtimoiy tarmoq orqali qidirib topdi.







