AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyatida akasi kaltaklagan qiz vafot etdi

'Farg`ona viloyatida akasi kaltaklagan qiz vafot etdi 'ning rasmi

Farg`ona viloyatida akasi kaltaklagan qiz vafot etdi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, 8 aprel kuni soat 01.30 larda Farg`ona viloyatining Furqat tumanida 1994 yilda tug`ilgan S.Mamajonova uyida sog`lig`i yomonlashib, to`satdan vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida S.Mamajonovani akasi, 1986 yilda tug`ilgan I.Mamajonov oilaviy janjal sababli kaltaklagani aniqlangan.

Aka o`z singlisini yuzi va badanining turli joylariga qo`li va kamari bilan urgan. Natijada qizning buyragi shikastlanib yorilgan va ichki qon ketishi tufayli sog`lig`i yomonlashib vafot etgan.

I.Mamajonov ichki ishlar xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar