AsosiyJamiyat

Me`yordan ortiq tutun chiqaradigan avtomobil egalariga chora ko`riladi

'Me`yordan ortiq tutun chiqaradigan avtomobil egalariga chora ko`riladi'ning rasmi

Joriy yilning aprel-may oylarida “Toza havo” tadbiri o`tkaziladi. Ba haqja O`zA xabar bermoqda.

Tadbirning birinchi bosqichida 10 mingdan ortiq avtotransport vositasining texnik holati ko`zdan kechiriladi. Bir necha yoqilg`i quyish shoxobchalari va texnik ko`rikdan o`tkazish stansiyalarida ekologik nazorat ishlari olib boriladi.

"Tekshiruvlarda is gazi va tutun qalinligi bo`yicha me`yordan ortiq ko`rsatkich aniqlangan avtomobillar egalariga kamchiliklarni bataraf etish bo`yicha choralar ko`riladi. 2017 yilda o`tkazilgan “Toza havo” tadbirida 26 ming 839 avtoulov ko`rikdan o`tkazilib, 1 ming 100 dan ortig`ida havoga chiqayotgan tutun qalinligi yuqori darajada ekani aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish bo`yicha barcha choralar ko`rildi" – deydi Toshkent viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi M.Qobilova.

Toshkent viloyat YHX hamda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi birgalikda o`tkazadigan “Toza havo” ekologik tadbirida hududdagi nazorat postlarida 2 doimiy va 8 harakatdagi ekologik postlar belgilandi.

    Boshqa yangiliklar