1

Britaniyada bir tupda ham pomidor ham kartoshka etishtirishdi

Dunyo 18.06.2014, 16:05
Britaniyada bir tupda ham pomidor ham kartoshka etishtirishdi

Britaniyaning Thompson & Morgan kompaniyasi dunyodagi barcha fermerlar orzu qiladigan bir istakni amalga oshirishga muvaffaq bo`lishdi. Bu haqda Mir faktov sayti xabar beradi. Yaqinda bir tupda, yuqori qismda pomidor, pastki qismda kartoshka etishtirilishi mumkin bo`lgan ekin urug`lari sotuvga chiqarildi. 

Ushbu gibrid o`simlikni shartli ravishda TomTato deb nomlandi. Ushbu nom tomato— inglizcha pomidor va potato – inglizcha kartoshka so`zlari umumlashmasidan paydo bo`lgan. Pomidorning ta`mi boshqa navlarga qaraganda shirinroq, kartoshkalar esa boshqalaridan farq qilmaydi. Aytish kerakki, bu turdagi o`simlikni etishtirish uchun 15 yil tadqiqot olib borishdi. TomTatosni  ham issiqxonada ham ochiq havoda etishtirish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1