Mamlakatimizning “Uzbekistan Airways Technics”(UAT) aviakorxonasi Afg`oniston samolyotlariga texnik va ta`mirlash xizmatlarini ko`rsatadi.
O`zbekiston tashqi savdo vazirligida Afg`oniston transport vaziri Muhammad Hamid Taxmasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda bu boradagi kelishuvga erishildi. Bu haqida mezbon vazirlik matbuot xizmati xabar berdi, "Xalq so`zi" nashri.
O`zbekiston tomoni, shuningdek, Afg`oniston aviasiyasi sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ko`maklashadi.
Eslatib o`tamiz, UAT uzoq yillardan beri samolyotlarni ta`mirlash va ularga xizmat ko`rsatish bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayapti.
Ayni paytda mazkur korxona mahalliy va xorij aviakompaniyalarining barcha rusumdagi havo laynerlariga servis xizmatlarini ko`rsatish uchun zarur texnik baza va yuqori tajribali kadrlarga ega bo`lib, bu erda yiliga kamida o`nta samolyot qaytadan taxt holiga keltiriladi.






