1

Yaponiyada tishdagi mayda teshiklarni yopuvchi qora tish pastasi pastasi ixtiro qilindi

Dunyo 18.06.2014, 17:01
Yaponiyada tishdagi mayda teshiklarni yopuvchi qora tish pastasi pastasi ixtiro qilindi

Yaponiyalik tish shifokori Kazue Yamagashining ixtiro qilgan ushbu tish pastasi tishlarda paydo bo`lgan mayda, ko`rinmas teshik va kovaklarni yopish xususiyatiga ega. Bu xaqda Mir faktov sayti xabar beradi.

Og`riqsiz, tez fursatda tishlarini “ta`mirlatish” istagidagi kishilar uchun bu tish pastasi ayni muddao.

Tarkibiga ko`ra, tish pastasi gidroksil-apatit nomli tish tarkib topuvchi asosiy moddaga juda yaqin. Qora rangli tish pastasini tish chyotkasi surgach, tishingizga ishqalang va 3 daqiqa kutib turing. Shu vaqt ichida tish pastasi tarkibidagi moddalar kristallashadi va tishning teshiklari ichiga joylashadi.

Stomatolog olimlar o`tkazgan tadqiqot natijalariga qaraganda antibakterial, foydali qora tish pastasi tishlardagi teshiklarni to`ldiradi. Davolangan tish mikroskopda ko`rilgan taqdirda ham sog`lom tishdan mutlaqo farq qilmaydi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1