1

O`zbekiston Qozog`iston va Tojikistondagi elchixonalari uchun yangi binolar qurmoqchi

Siyosat 10.04.2018, 16:20
O`zbekiston Qozog`iston va Tojikistondagi elchixonalari uchun yangi binolar qurmoqchi

O`zbekiston Qozog`iston va Tojikistondagi elchixonalari uchun yangi binolar qurmoqchi. Bu mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan.

Xususan, Qozog`istondagi elchixonaning yangi binosi Ostonada qad rostlaydi. Bu haqidagi muzokaralar o`tgan yil yozda boshlangan edi. Eslatib o`tamiz, ayni paytda yurtimizning Qozog`istondagi elchixonasi binosi Almati shahrida joylashgan. Elchixona Ostonadagi yangi binoga ko`chib o`tgach, uning o`rnida O`zbekiston Bosh konsulligi ochiladi.

O`zbekistonning Tojikistondagi yangi elchixonasi haqidagi masala esa Prezidentimizning shu yil mart oyida ushbu mamlakatga amalga oshirgan davlat tashrifidan oldin kun tartibiga chiqqan edi. O`shanda tomonlar diplomatik idoralari vakillari har ikki davlat poytaxtlari markazlaridan elchixonalar uchun yangi binolar qurishga er ajratish bo`yicha kelishib olingani haqida xabar berishgandi.

Yuqoridagi dasturda, shuningdek, yurtimiz diplomatik vakolatxonalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, jumladan, mebellar, orgtexnika va avtotransport vositalari bilan ta`minlash ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1