AsosiyJamiyat

Samarqandda 4 ta nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi ish boshladi

'Samarqandda 4 ta nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi ish boshladi'ning rasmi

Samarqand shahrida “Ertaklar olami”, “Umka N”, “Asalina Go`zalina” hamda “Advantage smart kids” nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta`lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan muassasalarda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash uchun barcha sharoit yaratilgan.

–Shahrimizda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar soni 37 ming 542 nafar, - deydi shahar maktabgacha ta`lim bo`limi mudiri Z. Nuriddinov. - Ayni paytda ularning 22 ming nafardan ortig`i maktabgacha ta`lim muassasalariga qamrab olingan. Bu, o`z navbatida, shahrimizda uzluksiz ta`limning mazkur bosqichini rivojlantirishni taqozo etadi. Shu bois joriy yil davomida hududda 50 ta davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

3.jpg

4.jpg

5.jpg

6.JPG

9.jpg

    Boshqa yangiliklar