“O`zstandart” agentligida Afg`oniston standartlashtirish milliy idorasi bosh direktori, doktor Naqibullox Faiq boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida o`zaro ishchi guruhni shakllantirish, qo`shma laboratoriyalar ochish, soha yo`nalishlarida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash, treninglar tashkil etish kabi yangi yo`nalishlarda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga ikki idora o`rtasida standartlashtirish va muvofiqlikni baholashni rivojlantirish yo`nalishida strategik hamkorlik dasturi imzolashga kelishib olindi.
Afg`oniston delegasiyasi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi va “O`zMMI” DK qoshidagi sinov laboratoriyalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.






