AsosiyJamiyat

“Yosh vatandoshlar” festivali o`z ishini boshladi

'“Yosh vatandoshlar” festivali o`z ishini boshladi'ning rasmi

Yurtimizda ilk bor O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi tashabbusi bilan xorijdagi yosh yurtdoshlarimiz bilan hamkorlikda “Yosh vatandoshlar” festivali o`z ishini boshladi. Festival qatnashchilarining ilk taassurotlari bilan tanishing: Komila Sultonova, Xelsinki, Finlyandiya, Daniyadagi Orxus universiteti xalqaro marketing va kommunikasiya fakulteti talabasi:

• — Tashrifimdan maqsad — zamonaviy O`zbekiston bilan yaqindan tanishish. Mahalliy yoshlar madaniyatini yaqindan o`rganib, ta`lim sohasida o`z bilimlarim bilan o`rtoqlashish, o`zbekistonlik o`qituvchilarni on-layn internet ta`limga taklif qilish va o`ziga ishongan, kasbida muvaffaqiyatli yoshlarni tarbiyalashni o`rgatish niyatidaman.

G`afurov Abror Asrorjonovich, Berlin, Germaniya

Gumbold Universiteti Geografiya fakulteti dosenti, Germaniya geofizika tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi:

— Soham O`rta Osiyoda suv resurslarini boshqarish. Festivalga kelganimdan juda xursandman. O`ylaymanki, bufestival chetda yurgan barcha yosh, iqtidorli o`zbeklarni birlashtirib, kelajakda O`zbekiston ravnaqiga hissa qo`shishida xizmat qiladi.

Murotov Umrbek O`ktam o`g`li, Dehli, Hindiston, Dehli texnologik universiteti talabasi:

— Festivalga kelishimdan maqsad O`zbekistonda bo`layotgan islohotlarga o`z hissamni qo`shish. O`zbekiston va Hindiston bilan hamkorlikda IT-texnologiyani rivojlantirish, fuqarolar hayotida uni chuqur tatbiq etish. Bundan tashqari, ta`lim sistemasida ham IT texnologiya, yangi pedagogik medotlarni, Hindiston tajribasini qo`llasak maqsadga muvofiq bo`ladi.

Muhammed Arif Zaferi, Istanbul, Turkiya, “Zafericon Foreign Trade”kompaniyasi rahbari:

— O`zbekistonga ilk bora kelishim. Tarixi boy yurtga kelganimdan juda xursandman. Bu festivalga qatnashishimdan maksad, dunyoning turli joylaridan taklif etilgan o`zbeklar bilan tanishish, do`stlar orttirish, kelajakda ular bilan hamkorliklarni yo`qlga qo`yishdan iborat.


    Boshqa yangiliklar