AsosiyDunyo

Yaponiya kompaniyalari JCh uchrashuvi vaqtida xodimlariga yarim kun ishga kelmaslikka ruxsat berdi

Yaponiya kompaniyalari o`z xodimlariga juma kuni JCh  doirasida Yaponiya terma jamoasining Gresiyaga qarshi uchrashuvi vaqtida yarim kun ishga kelmaslikka ruxsat berdi.

 Shu yo`l bilan ular o`z terma jamoalari ko`lllab-quvvatlash hamda jamoaviy ruhni shakllantirishni maqsad qilishgan. 

“Sankey” gezatasi yozishicha, Geo-code internet kompaniyasi juma kunining yarimini dam olish kuni deb e`lon qildi.  Agarda Yaponiya terma jamoasi ushbu uchrashuvda g`alaba qozonsa yoki durang natijani qayd qilsa juma kuni to`liq dam olish kuni deb e`lon qilinadi. Agarda  yaponiya keyingi bosqichga yo`l olsa, qo`shimcha ikki kun dam olish kuni deya e`lon qilinadi

Yaponiyaning yana bir yirik kompaniyalaridan birib bo`lgan Kirin kompaniyasi ko`p xodimlarni ishdan chiqishga ruxsat bera olmaydi, ammo uchrashuvni ofisda tomosha qilishga sharoit yaratib beradi. 

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 7:00 da (Toshkent vaqti bilan 03:00) boshlanishini inobatda olib, yaponiyaliklar erta tongdan ishxonalariga yaqin bo`lgan sport-barlarga tashrif buyurishadi.

    Boshqa yangiliklar