AsosiyJamiyat

Abduqahhor To`xtaev O`zbekiston qurilish vaziri etib tayinlandi

'Abduqahhor To`xtaev O`zbekiston qurilish vaziri etib tayinlandi'ning rasmi

Abduqahhor To`xtaev O`zbekiston Respublikasi qurilish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda «Daryo» manbasi xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi 2 aprel kuni «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident farmoni bilan tashkil etildi.

Ma`lumot uchun, Abduqahhor To`xtaev 2005—2011 yillarda Toshkent shahriga, 2016 yil sentyabr oyidan 2017 yil aprel oyiga qadar Jizzax shahriga hokimlik qilgan.

U 2017 yil 25 apreldan boshlab esa Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar