AsosiyJamiyat

Butun dunyodagi Vatandoshlarimizni ahillik, do`stlik va hamjihatlikka chorlagan "Yosh vatandoshlar festivali" (Foto)

'Butun dunyodagi Vatandoshlarimizni ahillik, do`stlik va hamjihatlikka chorlagan "Yosh vatandoshlar festivali" (Foto)'ning rasmi

Joriy yilning 12 aprel kuni “Yoshlar ijod saroyi”da O`zbekistonda ilk bor o`tkazilayotgan “Yosh vatandoshlar” festivalining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va uning o`rinbosarlari, chet eldan tashrif buyurgan yosh vatandoshlarimiz, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligida tashkil etilgan tashkilotlar rahbarlari, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.


Marosim avvalida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboev nutq so`zlab, yoshlarni oldinda ajoyib sayohatlar, qiziqarli bahs-munozaralarga boy madaniy-ma`rifiy dasturlar kutayotganini aytdi.

Butun dunyodagi Vatandoshlarimizni ahillik, do`stlikka chorlashni maqsad qilgan “Yosh Vatandoshlar” festivali har bir ishtirokchining qalbidan munosib joy egallashiga ishonch bildirdi.

Turli yo`nalishlar bo`yicha festivalning faxriy mehmonlari boshchiligidagi mahorat darslaridagi ishtirokda yoshlarimiz yurtimiz rivojiga hissa qo`shadigan g`oya va takliflari bilan o`rtoqlashishlarini so`radi.

Festival doirasida o`tkaziladigan dasturlarda yoshlar do`stlashib, ko`zda tutilgan uch yo`nalish: tadbirkorlik, fan-ta`lim va texnologiyalar hamda turizm sohalarida qizg`in suhbatlar qurishini, yangidan-yangi g`oyalardan yaralgan takliflarni o`rtaga tashlashi kerakligini alohida ta`kidladi.

Barchada qiziqish uyg`otgan festival ko`tarinki ruhda boshlanib, unda 3 guruhga bo`lingan holda tadbirkorlik, turizm, fan-ta`lim va texnologiyalar mavzulari bo`yicha sessiya taqdimoti namoyish etildi.

Taqdimot namoyishida “O`zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish”, “O`zbekistonda arxitektura kelajagi”, “O`zbekistonda barqaror hamkorlik uchun asos”, “Biznes – O`zbekistonda investisiya iqlimi” hamda “Sayyohlarni turizmga jalb etish yo`llari”, “IT-loyihalarni boshqarishda eng muvaffaqiyatli mexanizmlar”, “O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish istiqbollari” kabi qator mavzular keng muhokama qilindi.

Bundan tashqari “Zarqaynar” majmuasida yosh dizaynerlarning milliy liboslar kolleksiyalari namoyishi o`tkazildi.

Boshqa yangiliklar