Yoqutistonlik 79 yoshli pensioner kampirni Toyota Harrier mashinasi uch marta bosib o`tdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Keksa ayol tirik qoldi. Ammo umurtqa pog`onasi qattiq shikastlangan. 68 yoshli haydovchi voqea joyidan qochib ketgan. Qo`lga tushgach esa polisiyaga kampirni payqamaganini aytgan.






