1

Obama: "AQSh askarlari Iroqqa qaytishmaydi"

Dunyo 20.06.2014, 12:08
Obama: "AQSh askarlari Iroqqa qaytishmaydi"

Vashington Iroq xavfsizlik xizmatini kuchaytirish uchun ushbu mamlakatga xarbiy maslahatchilar yuborishi mumkin, bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama ma`lum qildi.  Ammo, xarbiylarni yuborish rejalashtirilmagan.

“AQSh Iroqqa tahminan 300 nafar xarbiy maslahatchi yuborishni rejalashtirmoqda, ammo AQSh xarbiylari Iroqqa jang qilish uchun qaytishmaydi”,-deya iqtibos kelitmoqda” Interfaks” agentligi Barak Obama nutqidan. 

Shu bilan birga prezident Iroqdagi jangarilar tomon aviazarbalar berilishi mumkinligini aytib o`tdi. Obamaning so`zlariga ko`ra, AQSh Iroqqa mamlakatdagi ahvolni yaxshilash uchun diplomatik yordam beradi.

Yaqin kunlar ichida AQSh bosh kotibi Jon Kerrining Iroqqa tashrif buyurishi kutilmoqda. Kuni kecha esa Iroq tashqi ishlar vaziri Xoshiyar Zabari AQShdan Iroqdagi jangarilar joylashgan hududga aviazarbalar berishni so`rab, murojaat qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1