AsosiyShou-biznes

Shahzoda Matchonova «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi

'Shahzoda Matchonova «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi'ning rasmi

Aktrisa Shahzoda Matchonova «Ak Ilbirs» qirg`iz milliy mukofotining «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi, deb xabar bermoqda Kunutun nashri.

Unga bu muvaffaqiyatni Yolqin To`ychievning «Ma`suma» filmidagi roli olib keldi.

Mazkur mukofot 2012 yilda ta`sis etilgan bo`lib, 2017 yildan boshlab Markaziy Osiyodagi eng yaxshi aktyor va aktrisalar ham taqdirlanishni boshladi. O`tgan yili hamyurtimiz Feruza Saidova Zulfiqor Musoqovning «Hazonrezgi» filmidagi yaratgan obrazi uchun Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi unvoniga loyiq deb topilgan edi.

alt

2016 yilda esa Yolqin To`ychievning «Suv parilari uyi» kartinasi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan.

alt

«Ak Ilbirs»ning bu yilgi taqdirlash marosimi 27 aprel kuni Bishkek shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar