Shvesiya poytaxti Stokgolmdan naridagi Arland aeroporti yaqinidagi yo`lning bir qismiga elektromobillar uchun kontakt relslari yotqizildi, deya xabar berdi News.day.az nashri.
Elektromobillar elektr toki qabul qiluvchi priyomnik bilan jihozlangan bo`lishi kerak. Hozircha yo`l sinov sharoitida. Shvesiya hukumati mamlakatdagi barcha yo`llarni 2030 yilgacha yoqilg`idan butunlay mustaqil bo`lishi uchun elektrlashtirishni rejalashtirmoqda.
Ushbu elektrorelslar mashinalar harakatlanayotganda quvvatlab turadi. Mashina to`xtagach, tok ham o`chadi. Ushbu relslar 5-6 sm. chuqurlikda joylashgan.






