AsosiyDunyo

Fotograf bemor bolakaylarning orzularini hayotga tadbiq etmoqda (Foto)

'Fotograf bemor bolakaylarning orzularini hayotga tadbiq etmoqda (Foto)'ning rasmi

Kanadalik fotograf Shon van Del the Drawing Hope loyihasini olib bormoqda. U sog`ayib ketishni orzu qilayotgan bolalar chizgan suratlarni olib, shu asosda sehrli fotosuratlar yaratmoqda, deya yozmoqda Bigpicture.ru.

Shonning fikricha, ushbu fotosuratlar kasal bolalarga va ularning oilasiga yashash uchun kurashga ozgina bo`lsa ham kuch beradi.

Kanadalik fotosuratchi ushbu suratlarni sotadi va tushgan mablag`larni o`zining jajji qahramonlariga tutqazadi. Fotograf bemor bolalarni umidni yo`qotmaslikka chaqiradi. Axir, bu dunyoda o`limdan boshqasining iloji bor-ku.

1. Rayli – yuraklar malikasi.

2. Rayli etti oyligida yurak ko`chirish operasiyasini boshidan o`tkazgan. Hozirda qizaloqwww.beadonor.ca– donorlarni qo`llab-quvvatlovchi internet-reestrining ishtirokchisidir.

3. Devid – yulduzlar soqchisi.

4. Devid dunyosha kelganida ma`lum bo`ldiki, uning yuragidagi chap bo`lmalar rivojlanmagan ekan. Shu paytgacha bolakay tig` ostiga uch marta yotgan. Devid uzoq umr ko`rishi uchun tanasiga boshqa yurak ko`chirib o`tkazilishi bilsa-da, orzulari bir kun kelib ushalishiga ishonadi.

5. Chens – kapitan.

6. 2011 yilning iyun oyida Chensda qon saratoni borligi aniqlandi.

7. Aleksandriya – shirinliklar qirolligi qirolichasi.

8. Aleks yaxshi rivojlanmagan jigar bilan tug`ilgan. Biroylik chaqfaloqligidayoq operasiya stoliga yotqizilgan. Uch oydan so`ng esa unga yangi organ ko`chirib o`tqaziladi.

9. Douson – Trillium oroli qaroqchisi.

10. Dousonda meningit rivojlanishi natijasida miyaga qon quyilishi kuzatilgan, buyragiga infeksiya tushgan. Hayotining ilk yillaridayoq kasalxonaga tushgan bolakay aksar vaqtini nogironlar aravachasida o`tkazadi. Lekin bu uning orzu qilishiga to`sqinlik qilolmaydi.

11. Sedi – oftob malikasi.

12. Sedi quyoshli kunda ko`chaga chiqolmaydi. Aksar vaqtini qorong`ulikda o`tkazadi.

13. Dominik – zamonlararo sayohatchi.

14. Dominik Daun sindromi va yurak etishmovchiligi xastaligi bilan tug`ilgan. U boshidan ko`plab operasiyalarni o`tkazgan va faqat imo-ishoralar orqali muloqot qiladi.

15. Marko – tadqiqotchi.

Boshqa yangiliklar